Eron klublari OKMK yetakchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
18 avg 2025
Bu haqda Championat.asia muxbiri Abdulaziz Iskandarov xabar berdi.

Xurshid G'iyosovga Eron klublaridan "Fulad", "Persepolis" qiziqish bildirmoqda. 

Lekin bu klublar OKMKga rasmiy taklif bilan xat yubormagan", – deyiladi xabarda.

30 yoshli vinger ushbu mavsum olmaliqliklar tarkibida 23 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali futbolchini 1 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia