

Eronda milliy chempionat o'z yakuniga etdi. "Persepolis" chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, "Istiqlol" ikkinchi, "Traktorsozi" uchinchi o'rinni band etdi. Ayni paytda eronlik futbolchilar tatilda.
Bizda esa oliy liga va Kubok uchrashuvlari davom ettirilmoqda. Shu oyning oxirigacha bizda 12-tur bahslari, shuningdek O'zbekiston Kubogi 1/8 final javob bellashuvlari bo'lib o'tadi.
Qolaversa, may oyida FIFA kunlari yo'qligi sababli ikkala jamoa ham yig'ilmaydi.




