Ernesto Valverde: Pike avtomatik tarzda qo'li bilan gol urdi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2017, 08:44
Barselona ustozi Ernesto Valverde YCHL 3-turidan o'rin olgan Olimpiakosga qarshi o'yindan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirdi.

42-daqiqada Jerar Pike qo'li bilan gol urgani uchun bosh hakam unga ikkinchi ogohlantirishni ko'rsatdi.

Raqib ko'pchilik bo'lganida kuchliroq o'ynashini bilardik va ikkinchi golni urishga harakat qildik.

Umuman olganda Olimpiakos himoyada o'ynab qarshi hujumda gol urishni o'yladi. Raqib himoyalanayotgan bo'lsa biz oldinda bo'lsak va kamchilikda bo'lsak nega tavakkal qilishimiz kerak? Bu bizni qoniqtirardi.

Pikening chetlatilishi? Takroriy vaziyatni ko'rmadim, ammo menimcha u avtomatik tarzda qo'li bilan gol urib yubordi, darvoza juda yaqin edi, – deydi Valverde.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-espana.net