

"Biz hozir "Chelsi" haqida o'ylamayapmiz. Maqsadimiz - bor e'tiborni "Malaga"ga qarshi o'yinga qaratish. Rotaciya? Ko'ramiz, bu safar Chempionlar ligasi bahsi oldidan ko'proq dam olish imkoniyatiga ega bo'lamiz. "Malaga"ga ochko kerak, u darvozamiz tomon ko'p xavf solishga harakat qiladi. Ishonamanki, biz 200 foiz kuch bilan harakat qilamiz. Inestaning o'rniga kim tushadi? Koutino yoki Andre Gomesh. Neymarning qaytishi haqidagi xabarlar? Mish-mishlar haqida gapirishni xohlamayman", - dedi Valverde.


