Ermatov "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi
Nadirkhuja Yuldashev
31 dek 2015, 17:43
Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami Ravshan Ermatovni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra, Ravshan Sayfiddinovich Ermatov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi. Yangi yil bayrami arafasida Davlat mukofoti muborak bo'lsin!