Erling Xoland yaqin kunlarda yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi!

Alisher
9 may 2022, 12:03
"Manchester Siti" yaqin kunlarda Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandning transferini e'lon qiladi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Bitim o'tgan haftada yakunlangandi, 21 yoshli forvard bilan esa 12 aprel kuni kelishuvga erishilgan.

Xoland 2021/22 yilgi mavsum "Borussiya" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol va 8ta assist qayd etdi.

Transfermarkt 21 yoshli norvegiyalikni 150 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira