Erling Xoland sevimli taomiga oydinlik kiritdi

Dortmundning “Borussiya”klubi hujumchisi Erling Xoland klub rasmiy Tvitter sahifasida bo'sh vaqtini qanday o'tkazayotganligi haqida gapirdi.

“Ko'p mashg'ulot o'tkazayapman, do'stlarim bilan FIFA o'ynayapman. Nima eyishni yaxshi ko'raman? Sevimli taomim – kabob-picca”, deya aytib o'tdi futbolchi.

Kabob-picca – Shvetsiyada migrantlar tomonidan o'ylab topilgan taom bo'lib, Skandinaviya mamlakatlaridagi fast fud restoranlarida eng mashhur egulik hisoblanadi. 


Manba: championat.com