Erkin Boydullaev "So'g'diyona"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

20 okt 2015, 22:10
Oliy liganing 26-turida Qarshining "Nasaf" jamoasi Jizzaxda "So'g'diyona"ga qarshi maydonga tushadi.


"Nasaf" jamoasining tayanch yarim himoyachisi Erkin Boydullaev diskvalifikaciyasi tufayli "So'g'diyona" bilan bo'ladigan uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Boydullaev Qarshida o'tgan "Neftchi" bilan o'yinda ogohlantirish olgandi va uning sariq kartochkalari soni to'rttaga etgandi.

Eslatib o'tamiz, oliy liganing 26-tur doirasidagi "So'g'diyona" - "Nasaf" uchrashuvi ertaga  Jizzaxdagi "So'g'diyona" markaziy stadionida soat 16:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia