

"Nasaf" jamoasining tayanch yarim himoyachisi Erkin Boydullaev diskvalifikaciyasi tufayli "So'g'diyona" bilan bo'ladigan uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Boydullaev Qarshida o'tgan "Neftchi" bilan o'yinda ogohlantirish olgandi va uning sariq kartochkalari soni to'rttaga etgandi.
Eslatib o'tamiz, oliy liganing 26-tur doirasidagi "So'g'diyona" - "Nasaf" uchrashuvi ertaga Jizzaxdagi "So'g'diyona" markaziy stadionida soat 16:00da boshlanadi.



