Eriksenni qarshi oling: U shifoxonadan chiqdi

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2021, 21:52
Daniya terma jamoasi va "Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksenga shifoxonadan ruxsat berildi.

Eriksen yurak ritmining buzilishini tartibga soluvchi himoya tizimi - teri osti defibrilatorini joylashtirish bo'yicha operaciyani muvaffaqiyatli o'tkazdi.

Daniya futbol federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, futbolchi allaqachon terma jamoa joylashgan bazaga tashrif buyurgan, so'ngra o'z uyiga ketgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/DBUfodbold