Eriksen "Tottenxem" bilan shartnomasini uzaytirmasligi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
22 dek 2019, 13:58
Daniyalik futbolchi yozga qadar jamoasini tark etishi kutilmoqda.

"Evening Standard" xabariga ko'ra, "Tottenxem" xavbeki Kristian Eriksen klub bilan shartnomasini uzaytirmaydi. 27 yoshli daniyalik futbolchi qishga qadar jamoasini tark etishi kutilmoqda. Uning shartnomasi 2020 yilda o'z yakuniga etadi.

Eslatib o'tamiz, Eriksenga PSJ, "Manchester Yunayted", "Yuventus" va "Real" kabi jamoalardan qiziqishlar bo'lmoqda.

Ushbu mavsumda Eriksen APLning 13 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Evening Standard