Eriksen "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
24 apr 2022, 18:06
"Brentford" futbolchisi Kristian Eriksen "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.

Erik ten Xag boshqaruvni qo'liga olganidan keyin "Brentford" futbolchisining mankunianliklar tarkibiga o'tish ehtimoli oshib ketgan. U klub rahbariyatiga Pol Pogbaning o'rniga aynan ushbu yarim himoyachini olib kelish taklifini bergan.

Eriksen qishda "Brentford" bilan yana bir yilga uzaytirish ehtimoli bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagan. U jamoasi tarkibida 7 o'yinda qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport