Eriksen Germaniyaga ko'chib o'tishi mumkin

21 okt 2020, 19:40
Dortmundning "Borussiya" klubi "Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksenning xizmatlariga qiziqish bildiryapti, deb xabar qildi CalcioMercato.

Nemis klubi yozda 28 yoshli daniyalikni ijaraga olishga urinib ko'rgan, ammo kelishuv amalga oshmagan. Manbaning xabarida takidlanishicha, dortmundliklar yanvar oyida Eriksenni sotib olish variantini faollashtirishga tayyor. Milanda o'yin amaliyoti kamligidan noliyotgan futbolchining o'zi ham yangi takliflarni ko'rib chiqishga qarshi emas.

Avvalroq unga "Pari Sen-Jermen" va "Manchester Yunayted"dan ham qiziqish borligi ma'lum qilingan edi.

"Inter" Eriksen bo'yicha takliflarni yanvarda eshitadi 

O'xshash yangiliklar


Manba: CalcioMercato