Eriksen Firminoning kechagi natijasini takrorladi

Eldor Akmurzayev
2 sen 2019, 00:55
Tottenxem yarim himoyachisi Kristian Eriksen APLning 4-turi doirasida Arsenal darvozasini ishg'ol etib, chempionatdagi o'zining yubiley 50-golini urishga muvaffaq bo'ldi.

Avvalroq, shporlar tarkibida bunday natijaga Robbi Kin (91ta gol), Jermeyn Defo (91), Teddi Sheringem (97) hamda Xarri Keyn (127) erishgandi.

Ma'lumot o'rnida, kecha Liverpul forvardi Roberto Firmino ham Premer-ligadagi o'zining yubiley 50-golini rasmiylashtirgandi. U APL tarixida bunday natijani qayd etgan ilk braziliyalik o'yinchiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Squawka