Erik ten Xag shogirdiga omad tiladi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2024, 19:23
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Borussiya" D jamoasiga o'tgan Jeydon Sanchoga omad tiladi.

"Umid qilamanki, uning ishlari joyida bo'ladi va unga omad tilayman. U yana o'z darajasiga qaytadi", - dedi ten Xag.

Kecha Dortmund klubi vingerni "Manchester Yunayted"dan mavsum yakunigacha ijaraga oldi. 2021 yil yozida Sancho 85 mln evro evaziga "qizil iblis"ga aylangandi. Biroq jamoa bosh murabbiyi bilan janjallashib qolgani uchun u avgust oyidan buyon o'yinlarda qatnashgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal