Erik ten Xag rozi bo'lmasa, "Bavariya"ni Xabi Alonso boshqaradi

13 noya 2019, 00:23
Myunxenning "Bavariya" klubi murabbiy izlashda davom etmoqda.

Birinchi davra yakuniga qadar Xans-Diter Flik mazkur vazifani bajarib turadi.

Qishda "Bavariya" "Ayaks" ustozi Erik ten Xagni Gollandiyani tark etib, Myunxen jamoasini boshqarishga ko'ndirmoqchi. Muzokaralar natija bermasa, "Liverpul", "Real" va "Bavariya" klublarining sobiq futbolchisi Xabi Alonso jamoa boshqaruvini qo'lga oladi.

Eslatib o'tamiz, Alonso ayni damda Ispaniyaning "Real Sosedad" klubi yoshlar jamoasini boshqarmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: France Football