Erik Bayi "Manchester Yunayted"da uzoq vaqt qolmoqchi

Aslanov Jasurbek
30 dek 2016
"Manchester Yunayted" himoyachisi Erik Bayi Mourinyoni eng yaxshi murabbiy deb hisoblashini va MYUda uzoq vaqt qolmoqchi ekanligini aytib o'tdi.

"Joze Mourinyo buyuk murabbiy, dunyoning eng yaxshi murabbiyi. U bilan ishlash va nimadir o'rganish - haqiqiy zavq! Umid qilamanki, barchasi shu tarzda davom etadi va "Manchester Yunayted"da uzoq vaqt qolaman. Ispaniya va Angliya o'rtasidagi farqni seza boshladim.

LaLiga ham ajoyib chempionat, balki, dunyodagi eng yaxshisi hamdir. Lekin, APLda barchasi boshqacha. Bu erda kurashlar ko'p, o'ynash uchun kuch talab qilinadi" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports