Eraldo Chinariga asosiy davogar O'zbekiston jamoasi ma'lum

Khoja
26 iyul 2025
O'tgan mavsum Armaniston chempionligini qo'lga kiritgan vinger Eraldo Chinariga faoliyatini O'zbekistonda davom ettirishi mumkin.

Maksim Shackix jamoasi hozirda albaniyalik futbolchi bilan muzokaralarga kirishgan.Agar kelishuv amalga oshsa, futbolchi ikkinchi davrani "Andijon" safida boshlaydi.

Avvalroq, futbolchiga "Nasaf" qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi. Biroq keyinchalik tomonlar o'rtasidagi muzokara ijobiy yakunlanmagani haqida ma'lumotlar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, Eraldo Chinari o'tgan mavsum "Noa" safida Armaniston chempionatida g'alaba qozongandi. Futbolchining o'zi jamoa safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va yana 9 ta golga assist qayd etgan.

Transfermarkt nashri 28 yoshli futbolchini 700 ming evroga baholamoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar