Eng qimmat italiyalik futbolchini bilasizmi?

11 yanv 2021, 21:51
"Transfermarkt" eng qimmat italiyalik o'yinchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Unda bir va ikkinchi o'rinlar "Milan" posboni Janluiji Donarumma hamda PSJ yarim himoyachisi Marko Verratiga nasib qilgan. Ularninig har ikkovi 60 mln evroga baholanmoqda. Uchinchi pog'onaga "Inter" vakili 23 yoshli Nikolo Barella joylashgan - 55 million evro. 

Keyingi o'rinlarda A. Bastoni ("Inter" - 50 mln), Jorjino ("Chelsi" - 50 mln), F. Keza ("Yuventus" - 48), Insine ("Napoli" - 48 mln evro) singari futbolchilar bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Transfermarkt