"Energetik-BGU" murabbiyida COVID-19 aniqlandi

Tolibjon Qosimov
8 iyun 2020, 18:44
Belarusning "Energetik-BGU" klubi murabbiyi Artyom Radkovda COVID-19 virusi aniqlandi.

Bu haqda "Tribuna.com" nashri ma'lumot tarqatdi.

Mutaxassis ayni paytda shifoxonada.

Eslatib o'tamiz, Radkov "Energetik-BGU"ning oxirgi uchta o'yinida ishtirok etmagandi. Oldinroq, klub matbuot xizmati Radkov o'tkir respiratorlik virus infekciyasi sabab o'yinlarda qatnashmayotganini xabar qilgandi.


Eslatib o'tamiz, "Energetik-BGU" kecha Belarus chempionati 12-turi doirasida Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarov to'p tepgan bellashuvda "Shaxter" Soligorsk" uyida 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi va turnir jadvalida kuchli uchlikni tark etdi.

Belarus. "Energetik-BGU" mag'lub bo'ldi va 4-o'ringa tushib ketdi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Tribuna.com