Nyukasl Husanovni ikkinchi marta qo'ldan chiqardimi?

Khoja
12 yanv 2025
Abduqodir Husanovning Energetik BGUdagi ustozi Aleksey Merkulov futbolchiga Lansdan boshqa yana qaysi jamoalar qiziqish bo'lganini aytib berdi.

Tabiiyki, 2023 yil davomida, u Lansga ketguniga qadar, Husanov uchun takliflar juda ko'p edi. Rossiyaning barcha top-klublari Husanovni o'z saflarida ko'rishni istaganini aytishning o'zi kifoya. Shu o'rinda futbolchining atrofidagilarga meni hayratga solishdi. Ularning aniq maqsadi bor edi, ular futbolchini TOP-5 chempionatga olib borishni maqsad qilishgandi. Ular sabr qilishdi va o'z maqsadlariga yetishdi. 

Bilishimcha, Sevilya, Nyukasl va Lansdan aniq takliflar bo'lgan. Biroq Lans futbolchini ko'proq istadi va chaqqonroq harakat qilib, Husanovni ilib ketdi, - deb fikr bildirdi Husanovning Energetik BGUdagi murabbiyi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com