Endrik jarohati tufayli Klublar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazib yuboradi

Administrator
22 may 2025, 00:32
Endrik tizza payining jarohati tufayli 2 oy davomida o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

"Real" hujumchisi "Seviliya" bilan bo'lgan o'yinning 2-taymida jarohat oldi (0:2). U yakshanba kungi uchrashuvning 58-daqiqasida almashtirildi.

Bugun futbolchi mashg'ulotlarga qaytdi, ammo og'riq his qilgani sababli tekshiruvga yuborildi. Natijada braziliyalik o'yinchiga tashxis qo'yildi: o'ng oyoqning tizza payi jarohati. Tiklanish taxminan ikki oy davom etishi kutilmoqda

Shunday qilib, Endrik La Ligada "Real Sosedad"ga qarshi o'ynamaydi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmaydi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: as.com