Endi Superligada ro'yxatdan o'tgan eng yosh futbolchi ham 5 milliondan ko'p oladi

Sherzod Nurmatov
23 yanv 2026, 13:37
2026 yilgi mavsum reglamentiga ko'ra yangi mavsumdan boshlab, U-21 jamoasi futbolchisining eng kam maoshi 5 milliondan oshadi.


Ayni paytda O'zbekistonda mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori (minimum ish haqi) - 1 271 000 so'm/oy deb belgilangan.  

Shuning 4 baravarini hisoblasak: 1 271 000 × 4 = 5 084 000 so'm (taxminan)

Yani eng kam ish haqining 4 baravari - 5 084 000 so'm/oyni tashkil qilmoqda. Shunday ekan, bugungi kunda U-21 jamoasi a'zosining oyligi kamida 5 mlndan ko'p bo'ladi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia