Emiliano Salaning o'limi ortidan 64 yoshli erkak qo'lga olindi

Alisher
20 iyun 2019
Buyuk Britaniyaning Dorset grafligi policiyasi 64 yoshli Shimoliy Yorkshir fuqarosini qo'lga oldi.

Policiya erkakni beparvoligi tufayli halokatga va o'limga olib kelinganligidan gumon qilmoqda.

U hibsga olingandan so'ng, tergov bilan hamkorlik qilishga rozi bo'ldi va ozod qilindi. Policiya uning shaxsini oshkor qilmayapti va bu haqda spekulyaciya qilishdan qochishni so'raydi.

28 yoshli Sala yanvarda "Nant"dan "Kardiff"ga 15 million funt evaziga o'tgan edi. Fransiyadan Buyuk Britaniyaga qadar bo'lgan yo'lda samolyot aviahalokatga uchragan. Sala bilan birgalikda pilot Devid Ibbotson ham vafot etgan.



AlisherMuallif
Manba: BBC