Emiliano Salani qidiruv ishlari qaytadan boshlandi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2019, 15:41
Aviahalokatlar bilan shug'ullanuvchi bo'lim AAIB bortida "Kardiff Siti" hujumchisi Emiliano Sala bo'lgan samolyot qidiruv ishlarini boshladi.

Qidiruv ishlari Geo Ocean III  kemasi yordamida amalga oshiriladi.

Ular 3 kun davomida suv ostini ko'zdan kechirishadi, qidiruvga yollanganlar esa samolyot topilgunicha ishlashadi.

28 yanvar kuni Fransiyaning Kotentin yarim orolidagi plyajlardan birida Sala o'tirgan samolyot yostiqchalari topilgan.

Eslatib o'tamiz, bu transfer oynasida Sala "Nant"dan "Kardiff"ga o'tgan edi. 21 yanvar kechasi hujumchi xususiy samolyotda Uelsga uchib ketdi va qo'nishdan bir soat oldin samolyot radarlarga ko'rinmay qoldi. 24 yanvar kuni policiya qidiruv ishlarini to'xtatgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC