Emerson nima uchun "Chelsi"ga qaytmaganini aytdi

Mirjalol Normatov
20 fev 2022, 17:17
Ayni damda "Lion" tarkibida ijarada o'ynayotgan "Chelsi" futbolchisi Emerson nima sababdan London klubiga qaytmagani haqida gapirdi.

"Chelsi"ga qaytmaganimning sababi bor. "Lion" sport direktori Juninoga ushbu mavsum yakuniga qadar shu yerda o'ynashimni aytgandim. Undan tashqari, "Lion" menga yoqadi. Shu yerda qolishni istayman. Kelasi mavsum bu yerda qolishim esa qiyin ish. Bunisi klublarga bog'liq. Biroq men "Lion"da baxtliman", - dedi futbolchi.

Ushbu mavsumda 27 yoshli futbolchi chempionatda 20 o'yinda qatnashib, 1tadan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal