Emerson "Chelsi" rahbariyatiga iltimos bilan chiqdi

Mirjalol Normatov
21 iyul 2021
"Chelsi" himoyachisi Emerson Palmeri klub rahbariyatiga o'z iltimosini ma'lum qildi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, futbolchi o'zini "Napoli"ga qo'yib yuborishlarini so'ragan. Ayni damda Emerson "Chelsi"ning asosiy futbolchisi hisoblanmaydi. "Napoli" esa Palmerini tarkibga qo'shib olishni asosiy maqsadga aylantirgan. Ammo tomonlar transfer summasini kelisha olishmayapti.

Aytilishicha, "Napoli" futbolchi uchun 10 mln evro taklif qilgan. Ammo "Chelsi" 23 mln evro so'ramoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia