Emerik Laport "Al Nassr" uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi

Administrator
24 avg 2023, 00:53
Tez orada transfer rasman e'lon qilinadi.

"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Laport "Al Nassr" klubiga o'tishi deyarli aniq bo'ldi. Himoyachi Dubay shahrida Saudiya Arabistoni klubi uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan. 

Endi Laport Ar-Riyodga yo'l oladi va "Al Nassr" bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Taniqli insayder Fabricio Romano ushbu transfer hal bo'lganini ma'lum qildi. 

Ma'lumot uchun, Laport "Al Nassr"da yiliga 25 mln evro maosh oladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano