Emeri: "Reshford nega "Manchester Yunayted"ni tark etgani meni qiziqtirmaydi"

Sherzod Nurmatov
8 fev 2025, 16:45
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri jamoasining yangi futbolchisi, hujumchi Markus Reshfordni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

"U katta salohiyatga ega va yaxshi shug'ullanmoqda. Reshfordning "Manchester Yunayted"ni tark etishi sababi meni bezovta qilmaydi. Tarkibimizda shunday o'yinchi borligidan xursandman", – dedi Emeri.

Eslatib o'tamiz, Reshford MYUni qishki transfer oynasida tark etdi. Ruben Amorim jamoasida u qaydnomaga kiritilmay qo'ygandi.

"Aston Villa" Premer-liga joriy mavsumida Chempionlar Ligasi hududiga kirish uchun kurashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN