Emeri PSJga qanday futbolchi yetishmayotganini aytdi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2017, 15:52
PSJ bosh murabbiyi Unai Emeri qishki transfer oynasida jamoani qanday kuchaytirmoqchi ekanligi haqida aytib berdi.

"Bizga Tyago Motta kabi futbolchi yetishmayapti. Bu joyga futbolchi qidirib ko'rarmiz. Dani Alves chorshanba kuni ("Kan" bilan) o'ynamaydi, Toma Meneda maydonga chiqish imkoniyati bo'ladi.

Menedan ko'nglimiz to'q. Asosiy tarkibda o'ng qanot himoyachisi roliga u va Alvesh o'rtasida haqiqiy kurash kechmoqda. Klubdagilar u tayyor bo'lishini va yaxshi o'ynashini istashmoqda" - deydi Emeri.

Motta tizzasini operaciya qildirishi kerak. Futbolchi qishki tanaffusdan so'ng safga qaytishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal