Emeri: "Monako" bilan durang adolatli natija deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2017, 11:15
PSJ bosh murabbiyi Unai Emeri "Monako"ga qarshi Fransiya chempionati 22-tur uchrashuvida qayd etilgan durang (1:1) haqida fikr bildirdi.

"Kuchli jamoaga qarshi qiyin bahs bo'ldi. Natijani adolatli deb hisoblayman. Uchrashuv kurashlarga boy bo'ldi, ammo hisobni biz ochishga muvaffaq bo'ldik va g'alabaga yaqin edik. Kerakli natijaga erisha olmadik, biroq yetakchidan bor-yo'g'i 3 ochko ortda qolyapmiz. Mavsum oxirigacha kam xatoga yo'l qo'ygan jamoa sovrinni qo'lga kiritadi" - deydi Emeri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com