Emeri faoliyatida ilk bor Gvardiolani mag'lub etdi

Aziz Tukhtamuradov
7 dek 2023
Unai Emeri murabbiylik faoliyatida ilk bor Gvardioladan ustun keldi.

"Aston Villa" APL doirasida "Manchester Siti"ni mag'lub etdi (1:0).

Jamoalar murabbiylari Unai Emeri va Xosep Gvardiola uchun bu o'zaro 14-to'qnashuv bo'ldi. 

Bungacha o'tkazilgan o'zaro o'yinlarning 9 tasida Gvardiola g'alaba qozongandi, 4 tasida esa durang qayd etilgan. 

Ma'lumot uchun, bungacha Emeri "Valensiya" va "Arsenal"ni boshqargan. Gvardiola esa "Barselona" bosh murabbiyi sifatida ham Emeri bilan to'qnash kelgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Transfermarkt