Emeri “Arsenal”ning maqsadini ma'lum qildi

23 noya 2018, 08:24
Unai Emeri London klubining joriy mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.

“Oldimizda uzun yo'l turibdi. So'nggi beshta o'yinda 4 marta durang o'ynadik. Bizga esa oldinga siljish kerak. “Arsenal”ning asosiy maqsadi Top-4 da bo'lish. Bu esa oson bo'lmaydi. Yildan yilga yuqori o'rinlarni egallash qiyinlashib bormoqda”,-deydi Emeri.

Ma'lumot uchun, Emeri “Arsenal”ni 2018 yil 23 mayida qabul qilib olgandi. Ayni damda “Kanonirlar” APL jadvalida 12 turdan so'ng 24 ochko bilan 5-o'rinni band etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports