Emeri “Arsenal”dan ketgach, uchta klub taklifini rad etdi

14 dek 2019, 01:18
“Arsenal”ning sobiq ustozi Unai Emeri uning xizmatlariga qiziqish bildirgan uchta klubning takliflariga rad javobini bergan, deya xabar bermoqda Marca nashri.

Nashr manbasining tasdiqlashicha, 48 yoshli mutaxassisga “Everton” va Xitoy Superligasining ikki klubi taklif bilan chiqqan. Ammo ispaniyalik murabbiy har uchchala taklifga yo'q deb javob bergan. Ma'lum bo'lishicha, Emeri sovrinlar uchun kurash olib borish imkoniyatiga ega klubda ishlash niyatida.

Emeri 2018/19 yilgi mavsum avvalida “Arsenal”ni 20 yildan oshiqroq vaqt davomida boshqargan Arsen Venger o'rnini egallagandi. Unai qo'li ostidagi ilk mavsumda “Arsenal” APLda beshinchi pog'onadan joy olgan bo'lsa, Yevropa Ligasida finalga qadar yetib borib, hal qiluvchi bahsda “Chelsi”ga imkoniyatni boy bergandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca