Eldor Suyunov: "Paxtakor"ga yana yordam berayotganimdan xursandman"

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2019, 12:54
Jarohatdan so'ng yana asosiy tarkibda o'ynashga qaytgan Eldor Suyunov safga qaytishi, jamoa va chempionat xususida fikrlarini bildirdi.

- Avvalambor, jarohat olganimda va undan keyin tiklanish davrida menga juda katta yordam bergan yaqinlarim, jamoadoshlarim, murabbiylar shtabi, rahbariyatdan tortib jamoamizning har bir xodimiga, yana muxlislarimizga katta rahmat. Shuningdek, milliy terma jamoa murabbiylar shtabiga ham rahmat aytaman. 

O'yin amaliyotim yo'q bo'lishiga qaramay, ular menga ishonch bildirishdi. Oxirgi 10 kunda 2 o'yinda ishtirok etganim uchun "Paxtakor" safida katta qiyinchilikka duch kelmadim. Jamoamga yordam berayotganimdan juda xursandman.

Ayni paytda jamoamiz juda yaxshi holatda. Biz ushbu suratni chempionat oxirigacha ushlab turishimiz kerak bo'ladi.

Joriy mavsum chempionat yaxshi o'tmoqda deb o'ylayman. Jamoalar saviyasini musobaqa jadvali ko'rsatib turibdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz