Eldor Shomurodovning "Salernitana"ga transferi barbod bo'lishining sababi ochiqlandi

Khoja
6 fev 2024, 09:22
O'zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transfer oynasi so'nggi kunida A Seriyadagi jamoasini o'zgartirishga yaqin edi.

Insayder Nikola Skiraning yozishicha, "Salernitana" klubi 31 yanvardan 1 fevral kuni oxirigacha Shomurodovni yarim yilga ijaraga olish bo'yicha "Roma" bilan muzokara olib borib, so'nggi soatlarda kelishuvga erishgan. Ammo "Kalyari" klubi so'nggi pallada o'zbekistonlik forvardni mavsum yakuniga qadar o'z tarkibida olib qolishga qaror qilgan. Natijada, hujumchining "Salernitana"ga o'tishi amalga oshmay qolgan.

Avvalroq, "Kalyari" klubi hozirda jarohatini tiklab, safga qaytishga yaqin bo'lgan Eldor bilan qishki transfer oynasida xayrlashishga qarshi emasligi haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com