

Tashrif davomida, Surxondaryo viloyati Futbol assotsiatsiyasiga yangi birinchi vice-prezident tayinlandi.
O'zbek futbol muhlislari uchun yaxshi tanish bo'lgan Sanjar Shomurodov Surxondaryo futbol assotsiatsiyasining yangi birinchi vice-prezidenti etib tayinlandi. Uning oldiga, Surxondaryo futboliga yanada e'tibor qaratib, voha futboli mavqeini ko'tarish vazifasi yuklandi.
Ma'lumot o'rnida, Sanjar Shomurodov 2017-2018 mavsumda Surxon jamoasida futbolchi sifatida faoliyat yuritgan. Sanjar, bugungi kunning eng yaxshi hujumchilaridan biri, o'zbek forvardi Eldor Shomurodovning akasidir.
Eslatib o'tamiz, bungacha Surxondaryo futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti vazifasini Najmiddin Meliqulov bajarib kelayotgan edi.



