
Kecha Ravshan Haydarov shogirdlari birinchi liga vakili “Oq-tepa” bilan bellashib, 3:0 hisobida zafar quchishdi.
O'yindagi dastlabki gol Eldor Shomurodov hisobiga yozildi. “Mashal” hujumchisi saytimizga o'z fikrini bildirar ekan, tayyorgarlik yaxshi ketayotganini aytib o'tdi.
O'yindagi dastlabki gol Eldor Shomurodov hisobiga yozildi. “Mashal” hujumchisi saytimizga o'z fikrini bildirar ekan, tayyorgarlik yaxshi ketayotganini aytib o'tdi.
“Hozir bor e'tiborimiz yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida munosib ishtirok etishga qaratilgan, - deydi surxondaryolik futbolchi. - Buning uchun mashg'ulotlarda astoydil ishlayapmiz. Hozir bizga Ravshan aka Haydarov murabbiylik qilmoqda. Yil boshida Aleksey Evstafeev bilan ishlagandik, keyin Sergey Lushan jamoani boshqardi va endilikda Ravshan Haydarov bizni Osiyo chempionatiga tayyorlamoqda. Evstafeev qo'li ostida 4-4-2 sxemasida harakat qilardik. Ravshan aka esa bizga 4-3-3 taktikasida o'ynashimiz kerakligini aytyapti. Sergey Lushan davrida ham shu usulda to'p surardik”.