Eldor Shomurodov: "Konferenciya ligasida chempion bo'lmoqchiman"

Narzulla Saydullayev
15 fev 2022, 10:50
O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov UEFA.COM saytiga intervyu berdi.

Quyida intervyuning "Roma"ga bog'liq joylarini taqdim etamiz.

"Roma"ga o'tish haqida

"Roma"ga o'tishdan oldin mentalitetni o'zgartirishim kerakligini angladim. Har bir o'yinga g'alabani o'ylab tushish kerak. Bu yerda ular o'z oldilariga yuqori maqsadlar qo'yilganini bilardim. Raqobat ham juda jiddiy bor. Har bir uchrashuvda asosiy tarkibga loyiq ekaningni isbotlashing shart.

Mourinyu haqida

Hozir biz ko'proq taktika ustida ishlayapmiz. U bizga hamma narsani qanday qilish kerakligini ko'rsatadi va har bir o'yinda bor kuchimizni berishimizni talab qiladi. Albatta, ko'p gol urishni ham talab qiladi.

Bu yilgi maqsadlar haqida

Birinchi navbatda - Chempionlar ligasiga yo'llanma olish va Konferenciya Ligasida chempion bo'lish. Bular asosiy maqsadlar. Shaxsiy ambiciyalarga kelsak, ular doimo jamoa bilan bog'liq. Men jamoaga g'alaba qozonish va sovrinlarni qo'lga kiritishda yordam bermoqchiman. Axir, jamoa g'alaba qozonsa, siz doimo g'alaba qozonasiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia