

"Janubiy Koreya Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblanadi. Bizni safardagi qiyin o'yin kutib turibdi.
Bu raqibni jamoaviy o'yin evaziga mag'lub etish mumkin. Janubiy Koreyaning hujumi juda xavfli, lekin himoyada muammolari bor. Shu xatolardan unumli foydalanib qolishga harakat qilamiz, - deydi Eldor Shomurodov O'FF matbuot xizmatiga.



