EL. "Vilyarreal" - "Karabax" o'yini koronavirus sabab ko'chirildi

Alisher
10 dek 2020
Bugun bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Yevropa Ligasi guruh bosqich 6-tur doirasidagi "Vilyarreal" - "Karabax" o'yini o'tkazilmaydigan bo'ldi.

Bu haqda ispan klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. O'yin Ozarbayjon klubidagi koronavirus bilan bog'liq vaziyat sabab noma'lum muddatga ko'chirildi.

O'yinni qachon bo'lib o'tishi hali ma'lum emas. Ozarbayjon klubiga shunchaki texnik mag'lubiyat ham yozilishi mumkin.

O'yinning musobaqa jadvaliga ta’siri yo'q. "Vilyarreal" 13 ochko jamg'argan va I guruhida birinchi o'rinni kafolatlagan. O'z navbatida "Karabax" 1 ochko to'plagan holda 4-o'rinda bormoqda. O'yin natijasidan qatiy nazar "Karabax" so'nggi o'rinda qoladi.

Jamoalarning ilk o'yini Istanbulda bo'lib o'tgan va bahs ispan klubining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.


AlisherMuallif
Manba: villarrealcf.es