El-Sharavi uchun 3 yillik shartnoma va yiliga 16 million evro maosh. Yomon emas-a?

25 iyun 2019, 21:45
"Roma" yarim himoyachisi Stefan El-Sharavi faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikola Skiraning ma'lumotiga  ko'ra, "Shanxay Shenxua" italiyalik uchun 3 yillik shartnoma va yiliga 16 million evro taklif qilgan.

Avvalroq, "Roma" 26 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnoma va yiliga 3 million evro (bonuslar bilan) taklif qilgan va u bilan tezroq kelishuvga erishishni xohlayotgani haqida ma'lumot berilgandi.

O'tgan mavsum, El-Sharavi A Seriyaning 28 o'yinida 11 gol va 6 assistni qayd etdi. Uning rimliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda yakuniga etadi.  


O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/NicoSchira