El-Shaaravi "Ayaks"ga qarshi o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2013, 22:26
"Milan" hujumchisi Stefan El-Shaaravi YCHL 2-turidan o'rin olgan "Ayaks"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda Football Italia nashri.

Oldinroq 20 yoshli italiyalik futbolchining maydonga tushishga tayyorligi aytilgandi. Ammo dushanba kungi mashg'ulotlardan keyingi tibbiy ko'rikda futbolchining oyog'ida jarohat borligi ma'lum bo'ldi. Uning tiklanishi uchun taxminan 15 kun kerak bo'ladi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru