El Mundo Deportivo: PSJ keyingi haftada Mbappening transferini e'lon qiladi
Narzulla Saydullayev
20 avg 2017, 09:10
PSJ Monako bilan hujumchi Kilian Mbappe borasida kelishuvga erishdi.
Parijliklar 18 yoshli francuz uchun 180 million evro va 20 mln bonus to'laydi. Mbappe PSJ bilan 5 yillik shartnoma tuzadi va yiliga 18 mln evro maosh oladi.
Transfer haqida rasman keyingi hafta e'lon qilinadi.