
O'yin 3:0 hisobida Kataloniya klubining g'alabasi bilan yakunlandi. Bahsdan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda kataloniyaliklar darvozasiga penalti belgilanishi kerakligi haqida tortishuvlar bo'lib o'tdi.
Uchrashuvdagi ilk jiddiy bahsli vaziyat 76-daqiqada sodir bo'ldi. Marko Asensio to'pni jarima maydoni ichiga uzatayotganda, to'p maydoncha ichidagi Serxi Robertoning qo'liga tegdi. Ammo himoyachi qo'llarini yashirishga uringandi, biroq zarba yo'nalishi aynan uning qo'li tufayli o'zgardi. Hakam Xose Sanches o'yinni davom ettirish mumkinligini ko'rsatdi.

Ikkinchi bahsli vaziyat ham birinchisiga o'xshab ketadi. 83-daqiqada to'p jarima maydonchasi ichida yana "Barselona" futbolchisining qo'liga tegadi. Bu safar Rakitich Kroosning uzatmasini bartaraf etdi. Xorvatiyalik yarim himoyachi qo'lini tanasiga tortdi, ammo to'p baribir o'sha tana a'zosiga tegdi. Ikkinchi vaziyatda ham Xose Sanches "Real" futbolchilariga o'ynashda davom etish kerakligini ma'lum qildi.

Muhokamalarga sabab bo'lgan so'nggi voqea esa bahsning oxirgi soniyalariga to'g'ri keldi. Uchinchi gol urilishidan oldin Messi maydonni tark etgan to'pni qaytargandek bo'ldi, ammo takroriy lavhalarda to'p maydondan chiqib ketgani ko'rindi. Yon hakam Messi tufayli to'p qayerdaligi ko'ra olmadi va bayroqchasini ko'tarmaslikka qaror qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bazi muxlislar 1 va 2-vaziyatlarda penalti qo'yilishi kerakligini aytgan bo'lsa, boshqalar aksincha fikr bildirdi.
Sizchi, siz bu vaziyatlar haqida qanday fikrdasiz?