"El Klasiko" o'yinlari qachon bo'ladi?

Mirjalol Normatov
31 avg 2020
Ispaniya chempionatining 2020/21 yilgi mavsum uchun taqvimi ma'lum qilindi.

Demak, dastlabki tur uchrashuvlari 13 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Unga ko'ra, "Real" o'z maydonida "Xetafe"ga qarshi bahs olib borsa, "Barselona" Kataloniyada "Elche"ni mehmon qiladi. Biroq ikki jamoa ham mavsumni kech yakunlagani sababli "Real"  va "Barselona" 2-turdan, "Sevilya" va "Atletiko" 3-turdan musobaqaga qo'shiladi.

"Real" va "Barselona" jamoalari ishtirokidagi uchrashuv 7 va 30-turlarda o'tkaziladi. Kataloniyadagi uchrashuv 2020 yilning 25 oktyabr kunida o'tkazilishi mo'ljallangan bo'lsa, Madriddagi bahs 2021 yilning 11 aprel kunida bo'lib o'tadi. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia