“El Klasiko”. Fati Raulning rekordini yangiladi

Eldor Akmurzayev
24 okt 2020, 19:35
Ayni daqiqalarda La Liga 7-turidan o'rin olgan “Barselona” – “Real” o'rtasidagi bahs o'tkazilmoqda.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Ansu Fati raqib darvozasini ishg'ol etdi. 

Shu tariqa, Fati “El Klasiko”lar tarixida to'p kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi. U bunga 17 yosh va 357 kunligida erishdi. Avvalgi rekord esa “Real” afsonasi Raulga (18 yosh, 95 kun) tegishli edi.

"Barselona" - "Real" 1:1 (matnli translyatsiya)

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: SofaScore