El Chiringuito: "Pochettino "Real"da Zidanni almashtirishi mumkin"

10 mar 2020, 22:56
Argentinalik mutaxassisning Ispaniyaga qaytishi taxmin qilinmoqda.

"El Chiringuito" xabariga ko'ra, Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan vazifasidan ozod qilinishi mumkin. Agar fransiyalik mutaxassis mavsum yakunida La Liga yoki YCHL g'olibligini qo'lga kirita olmasa, "qaymoqranglilar" jamoasi rahbariyati uning iste'fosini rasmiylashtiradi.

Takidlanishicha, Zidanning o'rnini Londonning "Tottenxem" klubi sobiq ustozi Maurisio Pochettino egallaydi. Noyabr oyidan beri ishsiz yurgan argentinalik mutaxassisga "qirollik klubi" rahbariyati tomonidan jamoani yangidan tuzish uchun barcha imkoniyatlar yaratib beriladi hamda kelasi mavsum oxirida natija (ichki va xalqaro maydondagi musobaqalar g'olibligi) talab qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito