Ejurov nega kutilmaganda "Neftchi"ni tark etdi? Sababi ma'lum

Narzulla Saydullayev
3 apr 2024
Bugun "Neftchi" yordamchi murabbiyi Vladimir Ejurov klubni tark etdi va kutilmaganda o'z yurtiga qaytib ketdi.

Narzulla Saydullaevning ma'lumotiga ko'ra, murabbiy moliyaviy muammolar tufayli klubdan ketgan. "Neftchi" 4 oydan buyon murabbiylar shtabi va xodimlarga maosh to'lamagan. Bundan tashqari oldingi yillardan bonus va mukofot pullari qolib ketgan ekan. Ejurov o'z qarzlarini so'rab rasman murojaat ham qilgan.

Vitaliy Levchenko mana shunday moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay mavsumni 3 ta g'alaba bilan boshladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia