Egor Krimec: "Xalqimiz bizdan g'alabadan boshqa natija kutmagan edi"

6 sen 2016, 23:52
Qatar - O'zbekiston uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Egor Krimec ham qatnashdi.
"Butun mamlakatimiz motamda. Xalqimiz bizdan g'alabadan boshqa natija kutmayotgan edi. G'alaba uchun barcha ishni qildik", - deydi o'yinning eng yaxshi futbolchisi Egor Krimec.

- Burkina-Faso bilan o'yinda ham siz gol urgandingiz. O'shanda ham sizning golingiz g'alaba keltirgandi. Buni qanday amalga oshirayapsiz?

- Bularning barchasi mashg'ulotlarda ishlanadi. Standart vaziyatlar ustida ko'p ishlaymiz. Bazida omad keladi, bazida shunchaki o'xshab qoladi. Bugun gol urib jamoamga g'alaba keltirganimdan xursandman.

O'FF matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia